Oʻrganadigan tilni qanday tanlayman yoki almashtiraman?
Oxirgi yangilanish: 25-noyabr, 2026 · 2 daqiqa
BEDANA ingliz, rus, koreys va xitoy tillarini oʻrgatadi. Ilovaga birinchi marta kirganingizda «Qaysi tilni oʻrganmoqchisiz?» degan savol chiqadi: bitta tilni tanlang, kurslar shu til boʻyicha ochiladi.
Tilni keyin ham almashtirish mumkin: Bosh sahifadagi til tugmasini bosing yoki Sozlamalarga kiring. Har bir tilning darslari va natijalari alohida saqlanadi: boshqa tilga oʻtib, keyin qaytsangiz, toʻxtagan joyingizdan davom etasiz.
Bu maqola foydali boʻldimi?