Hisob
Hisobni oʻchirish
Bedana ilovasidagi hisobingizni va unga bogʻliq maʼlumotlarni ilova orqali yoki ilovasiz oʻchirish mumkin.
Oʻchirish yoʻllari
Ilovada
Darhol- Bedana ilovasini oching: Telegramda, Android yoki iOS ilovasida yoki brauzerda.
- «Profil» boʻlimiga oʻting.
- «Hisob sozlamalari» → «Hisobni oʻchirish»ni bosing.
- «Oqibatlarini tushundim»ni belgilang va oʻchirishni tasdiqlang.
Hisob shu zahoti oʻchiriladi va uni qaytarib boʻlmaydi.
Ilovasiz
30 kun ichida- Telegramda yordam botimizni oching.
- Hisobingizga bogʻlangan Telegramdan «Hisobimni oʻchiring» deb yozing va hisob ochilgan telefon raqamini koʻrsating.
- Hisob sizniki ekanini tasdiqlaganimizdan keyin uni 30 kun ichida oʻchiramiz va botda xabar beramiz.
Oʻchiriladi
- Profil, ism, telefon raqami va Telegram bogʻlanishi
- Oʻqish natijalari, yutuqlar va haftalik hisobotlar
- Lugʻat va takrorlash jadvali
- Daftar rasmlari va AI bilan suhbatlar
- Eslatmalar, xabarlar va bildirishnoma manzillari
- Yordam botidagi murojaatlar tarixi
Saqlanadi
- Toʻlov yozuvlari: qonun talab qilgani uchun, hisobingizdan ajratilgan holda
- Hisob oʻchirilgani haqidagi qayd va kirish kodlari jurnali: xavfsizlik uchun
- Telegram botdagi suhbat Telegramʼning oʻzida qoladi: uni Telegramʼda oʻzingiz oʻchirasiz
Toʻlangan Bedana Plus kunlari hisob bilan birga yoʻqoladi va qaytarilmaydi.